Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi "Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq, Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan "Maxtumquli ijodining o'zbek adabiyoti va san'atidagi o'rni" mavzusida adabiy kecha bo'lib o'tdi.
Tadbirda hassos so‘z san’atkorining chuqur gumanizm bilan sug‘orilgan asarlari, mard va matonatli, mehnatkash turkman xalqining ezgu qadriyatlari va oliyjanob fazilatlari tarannum etilgan she'r-u g'azallari, sahna ko'rinishlar, turkmancha milliy raqs talabalar tomonidan ijro etilgan bo'lsa, viloyat musiqali drama teatri aktyori Asilbek Safarov tomonidan shoir obrazini gavdalantirishi tadbir mazmuniga yanada ko'rk berdi. Bu kecha orqali esa ikki qardosh el uchun birdek ardoqli bo‘lgan shoirning barkamol asarlari yoshlarimiz uchun ibrat namunasi bo'lishi maqsad qilingan.
Tadbirda fakultet professor-o'qituvchilari, Filologiya va tillarni o'qitish va Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari ishtirok etishdi.