Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda Turkiyaning “ERMETAL” kompaniyasi o'rtasida o'quv-laboratoriya jihozlarini olib keltirish bo'yicha shartnoma imzolangandi. Unga muvofiq, hozirda tibbiyot fakulteti stomatologiya yo‘nalishi talabalarini o'qitishda zarur bo'lgan laboratoriya jihozlari, interaktiv klinika simulyatorlari tayyor bo‘lib, O‘zbekistonga jo'natildi.
Tez kunlarda maxsus kompaniya tomonidan universitetimiz laboratoriyalarida mazkur jihozlarni o‘rnatish ishlari boshlanadi. Mutaxassislar tomonidan ayni paytda bu turdagi o'quv-laboratoriya jihozlarining respublika miqyosida muqobili yo'qligi taʼkidlanmoqda.