Unda universitet taʼsischisi Jamshid Pardayev so'zga chiqib, universitet jamoasiga hamjihatlikdagi mehnat va universitet nufuzining oshishiga qo'shayotgan hissalari uchun minnatdorlik bildirdi. Ayni kunlarda foydalanishga topshirilgan yangi o'quv binosidagi mavjud zamonaviy jihozlardan unumli foydalangan holda zimmalaridagi vazifani fidokorona ado etishlariga ishonch bildirdi.
Shuningdek, oliygohdagi o'quv jarayonlari sifatini yaxshilash, ilmiy salohiyatni oshirish yuzasidan lozim darajadagi chora-tadbirlar bo'yicha topshiriqlar berildi.
Bugun yoshlarga sifatli taʼlim berish, ularni jamiyatga kerakli mutaxassis sifatida tarbiyalash universitet jamoasi oldida turgan asosiy vazifa ekanini alohida ta'kidladi.
Yig'ilish davomida universitet Jamoatchilik kengashi raisi Alisher Ro'ziyev hamda universitet rektori Abdusamad Sattarov so'zga chiqib jamoa oldida turgan shu singari muhim vazifalar xususida fikr bildirishdi.