"Fan va ta'limda innovatsiyalar" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi

"Fan va ta'limda innovatsiyalar" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi

  • 30.03.2024
  • 237
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Chexiyaning Unicorn universiteti, Yevropa amaliy fanlar va menejment universiteti hamda ISE tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Fan va ta’limda innovatsiyalar” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazdi. Mazkur konferensiyada 20 dan ziyod mamlakat olimlari ijtimoiy-gumanitar, ta’lim, iqtisodiyot, tibbiyot, axborot texnologiyalari, aniq va tabiiy fan sohalaridagi tadqiqot natijalari bo’yicha ma’ruza qildilar.

Mazkur konferensiya har yili Chexiyaning Praga shahrida o’tkazilib kelinadi. 2024-yilda ilk bor O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti konferensiya tashkilotchisi sifatida ishtirok etdi. 

Mazkur konferensiya to’plamidan o’rin olgan maqolalar “Web of Science” xalqaro ilmiy tadqiqotlar bazasida indekslanadi.