Oliygohimizga Yaponiyaning Kyoto universiteti doktoranti 33 yoshli Natsumi Shida ismli mehmon tashrif buyurdi. Natsumi 1,5 yildan beri Oʻzbekistonda, ya’ni Boysun tumanidagi olis qishloqlardan biri Qizil Navrda oʻzbek oilasida istiqomat qilib, tadqiqot olib borayotgan ilmiy dissertatsiya ishini chuqurroq oʻrganmoqda.
Universitetingizning koʻrkam binosi va undagi yaxshi sharoit menga ma’qul boʻldi. Bu yerda oʻzbekistonlik yoshlarning malakali ustozlardan bilim olishayotgani ularning yutugʻidir. Yaponiyada oliy ta’lim muassasalari koʻp. Sizning universitetingiz, undagi ta’lim jarayoni ham ulardan qolishmasligiga amin boʻldim, — dedi Natsumi.
Samimiy muloqot jarayonida Yaponiyadagi Kyoto universiteti bilan ilmiy tadqiqot ishlariga oid hamkorlik aloqalarini oʻrnatish bo‘yicha ham soʻz bordi. Shuningdek, mehmon bu borada qoʻlidan kelgancha yordamini ayamasligini bildirdi.