Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari, prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari hamda taklif etilgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Kengashda universitet xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosati ijrosini ta’minlash, o‘quv mashg‘ulotlarni bajarilish holati, nufuzli xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazalari uchun maqola tayyorlash masalalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida hisobotlar eshitildi.
Shuningdek, Kengashda universitet kafedralaridagi vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazilib, tayyorlangan darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiyalar tasdiqlandi.
Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan takliflar olindi va tegishli mas’ullarga rahbariyat tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.