Buyuk davlat arbobi, o’rta asrlar islohotchisi, adolatli jangchi, kuragi yerga tegmagan sarkarda xorijiy mamlakatlarda ham hurmatga sazovor bo’lgan buyuk davlat asoschisi Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 688 yil to’ldi.
Shu munosabat bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "Sohibqiron Amir Temurga ehtirom" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Eshbolta Atamuratovich ochib berar ekan, Amir Temurning dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasi, uning davlatni boshqarishdagi adolatparvarligi, ilm-fanga, olimlarga e’tibori haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, so‘zga chiqqan tarixchi olimlar Amir Temur shaxsiyati, uning davlatchilik sohasidagi faoliyati, harbiy yurishlari haqida ma’ruzalar qilishdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.