“Til oʻqitish markazi”da turk oʻqituvchilar faoliyat boshladi

“Til oʻqitish markazi”da turk oʻqituvchilar faoliyat boshladi

  • 18.04.2024
  • 283
Blog Image

Universitetimizda “Til oʻqitish markazi” tashkil etilgandi. Mazkur markazda xususan, turk tili boʻyicha oʻqitish uchun universitet tomonidan Turkiyadan 2 nafar oʻqituvchi jalb qilindi. 

Ta’lim muassasasi rahbariyati oliygohga tashrif buyurgan Selcan Sever, Minel Karagözlar bilan uchrashuv oʻtkazdi va endilikda oʻz faoliyatini boshlayotgan “Til oʻqitish markazi”ning faoliyati va aynan turk tilini oʻqitish texnologiyasi boʻyicha kelishib olindi.

—  Aytish kerakki, mazkur markazda 4 ta: turk, ingliz, rus va nemis tillari oʻqitiladi, — deydi markaz rahbari Dilnoza Abdullaeva.

 — Xususan, turk tilini oʻqitish boʻyicha talabalar tilni qay darajada bilishiga qarab saralab olinadi va ular bilan shartnoma imzolanadi. Shundan soʻng, talabaning imkoniyatlari hisobga olingan holda til kurslari 3 yoki 6 oy davom etadi. Albatta, talabalarning tilni qanchalik oʻzlashtirayotgani imtihonlar yordamida tekshirib boriladi va ularni muvaffaqiyatsiz topshirganlar keyingi bosqichga oʻtolmaydi. 

Kurs so'nggida talabaga TÖMER sertifikati beriladi. Ushbu sertifikatni qo'lga kiritgan talabalar Turkiyadagi Xo'jeyli universitetida tahsil olish uchun yuboriladi.