Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xalq-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Ulugʻbek Inoyatov hamda Qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Hasanovalar Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitetda yosh avlod uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, oʻquv xonalari, dars mashgʻulotlari jarayonlarini koʻzdan kechirildi. Shu bilan birga, professor-oʻqituvchilar bilan samimiy suhbatlashildi.
Universitet rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda mehmonlar Surxon vohasida shunday ajoyib maskan qad rostlagani va undagi istiqbolli strategiyaga asoslangan oʻquv jarayonlari tahsinga loyiqligini ta'kidlashdi.