Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan umumjahon pul haftaligi ("Global money week”) xalqaro taʼlim tadbiri aholining moliyaviy bozor to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning moliyaviy savodxonligini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Alohida shaxsning moliya borasidagi bilim va ko‘nikmalari negizida butun jamiyat iqtisodiy hayotining muvaffaqiyati va barqarorligi yotadi. Shu sababli, moliyaviy savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishni aynan yosh avlod vakillaridan boshlash kerak.
“Moliyaviy xavfsizlik” mavzusida tashkil etilgan ko‘rgazma va turli xil viktorinalar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida berilgan savollarga aniq va tezkorlik bilan javob bergan tadbir ishtirokchilari sertifkat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.