Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan an’anaviy ikkinchi ilmiy-amaliy konferensiya”si oʻtkazildi. Ikki kun davom etgan konferensiyada 200 ga yaqin talaba 10 ta sho‘balarda oʻz tezislari bilan ishtirok etishdi.
— Taniqli olimlarning ilk ilmiy faoliyati mana shunday anjumanlardagi chiqishlaridan boshlangan, — deydi ilmiy va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i Akmal Abdurahmonov. — Bu kabi anjumanlar orqali talabalarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng maydon yaratiladi. Bu esa oliygohimizning ilmiy salohiyatini yuksalishiga, shuningdek, jamiyat uchun bilimli kadrlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning taqdirlash marosimida 1-, 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 30 nafar talaba universitet tomonidan pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashgan 50 nafar talabaga ham diplom, esdalik sovg‘asi, kitoblar ulashildi.