1.Oliy o‘quv yurtida shartnoma asosida o‘qishga imkoniyatingiz yo‘qmi, unda grant asosida tahsil oling. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti buning uchun yoshlarga ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda. Qanday deysizmi?
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari hamkorligida 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ikki bosqichli fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
2.Fan olimpiadasi qaysi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi?
Umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun o‘tkaziladigan fan olimpiadasi quyidagi yo‘nalishlarda test sinovi asosida bo‘lib o‘tadi:
Matematika
Ingliz tili
Rus tili
O‘zbek tili va adabiyoti
Tarix
Kimyo va biologiya
Informatika
Har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha 2 tadan blok testlari beriladi:
1-yo‘nalish – 36 ta matematika, 15 ta ingliz tili;
2-yo‘nalish - 36 ta ingliz tili, 15 ta o‘zbek tili;
3-yo‘nalish - 36 ta rus tili, 15 ta o‘zbek tili;
4-yo‘nalish - 36 ta o‘zbek tili va adabiyoti, 15 ta o‘zbek tili;
5-yo‘nalish - 36 ta tarix, 15 ta ingliz tili;
6-yo‘nalish - 30 ta biologiya, 30 ta kimyo;
7-yo‘nalish - 36 ta informatika, 15 ta matematika;
3. Qachon o‘tkaziladi?
Birinchi bosqich 1-maydan 6-maygacha viloyatimizdagi barcha shahar va tumanlarda bo‘lib o‘tadi. Undan saralanganlar 15-may kuni viloyat miqyosida o‘tkaziladigan ikkinchi bosqichda o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.
4.G‘oliblar uchun qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?
Viloyatda o‘rin olganlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-o‘rin — 10 million so‘m,
2-o‘rin — 7 million so‘m,
3-o‘rin — 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Shu bilan birga, birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rin olganlar:
matematika fanidan iqtisodiyot yo‘nalishiga;
ingliz tili fanidan ingliz tili yo‘nalishiga;
rus tili fanidan rus tili yo‘nalishiga;
o‘zbek tili va adabiyoti fanidan o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishiga;
tarix fanidan tarix yo‘nalishiga;
kimyo va biologiya fanlaridan tibbiyot yo‘nalishiga;
informatika fanidan axborot texnologiyalari yo‘nalishiga Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.
5.Tuman hamda shahar bosqichida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichida o‘rin ololmagan o‘quvchilar quruq qo‘l bilan qaytishadimi?
Yo‘q, albatta. Ular uchun ham universitet tomonidan yarim grant asosida o‘qish uchun tavsiyanomalar beriladi.
6.Ishtirok etish niyatida bo‘lganlar qayerga murojaat qilishadi?
Mazkur fan olimpiadasida ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar +998 (50) 508-23-26 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.