Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi, deputat Saydulla Abduraimovlar ishtirokida universitetimiz talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda yoshlarning siyosatdagi o‘rni, bugungi siyosiy jarayonlar xususida so‘z bordi.
Talaba yoshlar ilm olish jarayonida siyosiy ongini, tushunchalarini ham kengaytirib borishlari lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, oliygohda yosh siyosatchilar guruhini shakllantirish uchun “Liderlar” klubini tashkil etish taklifi bildirildi.
Savol-javoblarga boy o‘tgan tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga sovg‘alar taqdim qilindi. Uchrashuv nihoyasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti va Milliy tiklanish demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.