Termiz iqtisodiyot va servis universitetida umumta'lim maktabi bitiruvchi sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan fan olimpiadasining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda ta'kidlandiki, mazkur olimpiada viloyatimizdagi eng iqtidorli, bilimli yoshlarni aniqlash bilan birga, ularga muddatidan oldin talaba boʻlish imkoniyatini berdi.
Tadbir davomida dastlab, tuman bosqichi gʻoliblariga universitetda yarim grant asosida tahsil olish uchun sertifikatlar topshirildi.
Viloyat bosqichida ishtirok etib, 1-,2-,3-oʻrinni egallagan oʻquvchilarga diplom hamda 10 million, 7 million, 5 million soʻmlik vaucherlar taqdim qilindi. Uchala oʻrin sohiblari ham universitetimizda 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilinadigan boʻldi.
Shuningdek, gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning oʻqituvchilari hamda maktab direktorlari ham munosib taqdirlandi.