Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botir Mardaev hamda O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Alisher Roʻziyevlar ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda iqtisodiyot yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun qonunchilikdagi yangiliklar, Prezident farmonlari va qarorlari, Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihalari haqida ma'lumotlar berildi. Shu bilan birga, joriy yilda oʻtkaziladigan saylovoldi dasturiga takliflar olindi.
Shundan soʻng, B.Mardaev universitetimizda yaratilgan sharoitlar, xususan, "Tasviriy va amaliy san'at" toʻgaragi faoliyati bilan tanishdi. U yerdagi somon san'ati va "Rising art" yoʻnalishida yaratilgan amaliy san'at namunalarini koʻrib, ijobiy fikrlar bildirdi.