28-may kuni Buxoro viloyatida bo'lib o'tgan QVZ "Voha ligasi"ning final bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Termiz iqtisodiyot va servis universitetining "Megapolis" jamoasi tantanali ravishda kutib olindi.
Karnay-surnay sadolari ostida universitet hovlisiga kirib kelgan jamoani oliygoh professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari olqishlar bilan qarshi olishdi.
QVZ "Voha ligasi"da birinchilikni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolarini universitetimiz rektori A.Sattarov tabrikladi va kelgusi respublika bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishlariga ishonch bildirdi. So‘ngra, “Megapolis” jamoasi a’zolari pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.