Termiz iqtisodiyot va servis universitetida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchi kurs talabalari oʻrtasida 2023/2024-oʻquv yili uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari, dissertatsiya ishi himoyalari bo'lib o'tmoqda.
Yakuniy davlat attestatsiyasi barcha me'yoriy-huquqiy, baholash mezonlari hamda Nizom talablari asosida shaffof va ochiqlik prinsiplariga asoslangan holda oʻtkazilmoqda.
Xususan, Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich ta'lim) yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan talabalar tanlagan mavzulari yuzasidan dissertatsiya ishini himoya qilishdi.