Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari, prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etishdi.
Kengashda universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyati va ishchi-xodimlar manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar va Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida o‘quv, yoshlar bilan ishlash, ilmiy ishlar va innovatsiya ishlarining kompleks tahlili haqida hisobotlar eshitildi.
Shuningdek, Kengashda universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy (dissertatsiya) mavzu va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash haqida to‘xtalib o‘tildi.
Yig'ilish yakunida kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan takliflar olindi va tegishli mas’ullarga rahbariyat tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.