Yuksak mukofot muborak bo‘lsin!

Yuksak mukofot muborak bo‘lsin!

  • 14.08.2024
  • 247
Blog Image

20-avgust — Tadbirkorlar kuni munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ta’sischisi, tadbirkor Pardayev Jamshid Muzaffarovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, sohada yangi va istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirishga qo‘shayotgan katta hissasi, o‘zining tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va tajribasini namoyon etib, xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgani, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun J.Pardayevning mehnatlari tom ma’noda munosib baholandi.

Shunday yuksak mukofotga munosib ko‘rilgan J.Pardayevni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.