Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi delegatsiyasi Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi delegatsiyasi Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdi

  • 17.08.2024
  • 270
Blog Image

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Mishima Kenji boshchiligidagi delegatsiya Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda universitetning Yaponiya oliy taʼlim muassasalari va biznes sub'yektlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, universitet pedagog xodimlari va iqtidorli talabalarni Yaponiya universitetlariga o‘qishga hamda malaka oshirishga yuborish masalalari muhokama qilindi. Mehmonlar universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlarni yuqori baholashdi.

Maʼlumot uchun, JICA (Japan International Cooperation Agency) — Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bo‘lib, Yaponiya hukumatining rasmiy rivojlanish yordamini amalga oshiruvchi tashkilotdir.
Mazkur tashkilot texnik yordam, grantlar va kreditlar orqali rivojlanayotgan mamlakatlarga ijtimoiy infratuzilma, taʼlim, sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda ko‘mak beradi.