Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Yaponiyaning nufuzli universitetlaridan tashrif buyurgan professorlar "Yaponiya ta’lim tizimi va universitetlarida o‘qish, malaka oshirish va akademik dasturlarda ishtirok etish" mavzusida xalqaro seminar o‘tkazishdi.
Seminarda Yaponiyaning yetakchi universiteti vakillari oliygohimiz professor-o'qituvchilari va talabalariga kunchiqar mamlakat taʼlim tizimidagi yangiliklar, mavjud malaka oshirish kurslari haqida ma'lumot berishdi. Shu bilan birga, oliygohimiz o'qituvchilarining olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari yuzasidan fikrlar almashildi.
Seminardan so'ng, Yaponiyaning nufuzli universitetlari bilan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish va rivojlantirish bo'yicha anglashuv memorandumi shartlari muhokama qilindi.