Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2024-2025-o'quv yili boshlanishi munosabati bilan xodimlar va o'qituvchilarning kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Kengashda universitet tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan o'zgarishlar, 2024-2025-o'quv yilida ilmiy-innovatsion tadqiqotlar sohasida amalga oshiriladigan ishlar, guruh murabbiyligi faoliyatini baholash bo'yicha KPI mezonlariga o'zgartirish kiritish to'g'risida hisobotlar eshitildi.
Shuningdek, xalqaro aloqalarni rivojlantirish va universitetni xalqaro nufuzli reytinglarga kiritish bo'yicha olib borilayotgan ishlar hamda rejalar to'g'risida so'z bordi.
Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan takliflar olindi va tegishli mas’ullarga rahbariyat tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.