Dastlab universitet ta'sischisi Jamshid Pardayev so'zga chiqib, universitetda faoliyat olib borayotgan barcha professor-o'qituvchilarni 1-oktyabr — "O'qituvchi va murabbiylar kuni" bilan samimiy muborakbod etdi.
Kengashda universitet tovar-moddiy boyliklaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika ta’minotini rivojlantirish masalalari, akademik guruh murabbiyliklari faoliyati va guruh murabbiyligi faoliyatini baholash bo‘yicha KPI mezonlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida hisobotlar eshitildi.
Shuningdek, universitetning ilmiy unvon olgan o‘qituvchilariga Oliy attestatsiya komissiyasining dotsentlik attestatlari topshirildi.
Yig'ilish yakunida kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan takliflar olindi va tegishli mas’ullarga rahbariyat tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.