Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Sherobod dostonchilik maktabi vakili Abdunazar baxshi Poyonovning 70 yillik yubileyi munosabati bilan “Abdunazar Poyonovning baxshichilik san’atida tutgan o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika baxshichilik san’ati markazi vakillari, O‘zbekiston xalq baxshilari, professor-o‘qituvchilar va universitet talabalari ishtirok etishdi.
Konferensiyada Abdunazar Poyonovning hayot yo‘li, dostonchilik maktabida tutgan o‘rni, aytgan termalari, dostonlari, Qashqadaryo va Sherobod dostonchilik maktabi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida ma’ruzalar qilindi. Ayniqsa, baxshilarning terma-aytishuvlari tadbirga shukuh bag‘ishladi.
Konferensiya doirasida ilmiy maqolalar to‘plami chop etildi.