Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tahsil olayotgan talabalarning muammolarini hal etish, taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Talabalar tomonidan ta’lim, sport, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi muammo va takliflar bildirildi.
Uchrashuvda universitet rektori A.Sattarov amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarning barchasi talaba-yoshlarning kelajagi uchun ekanligini, har jabhada yoshlarni qo'llab-quvvatlashini ta’kidlab, yetuk kadr bo'lishlariga ishonch bildirdi.
Uchrashuv samimiy, ochiq suhbat shaklida oʻtkazildi va barcha tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.