Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari, prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari hamda taklif etilgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Kengashni universitet rektori A.Sattorov kirish so‘zi bilan ochdi va mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlar hamda universitetimizda ta’lim-tarbiya bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilishda Kengash raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari va Hay’at qarorlari, universitet Kengashi qarorlarining ijrosi haqidagi, Universitetda ATM va ARM faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini o‘quv va elektron adabiyotlar bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar borasida o‘quv va tarbiya ishlari bo‘yicha prorektori Sh.Otamurodovlarning axboroti eshitildi. Shundan so‘ng Oliy attestatsiya komissiyasiga dotsent ilmiy unvonlariga talabgorlar hujjatlarini taqdim etish va kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimlariga tavsiya etish bo‘yicha universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori E.Qabulov ma’lomot berdi.
Shuningdek, Kengashda universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma, monografiyalar hamda tadqiqotchilarning fan doktori va falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya mavzulari tasdiqlandi. Universitet bosh yuristkonsulti R.Rizaqulov fuqarolar murojaati va ularning ijrosi yuzasidan chiqish qildi. Yig‘ilishda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o’qituvchilari - Sh.Allamuratov, R.Alimardonova, S.Eshkurbanov, A.Abdusamatov, N.Salohiddinova va “Iqtisodiyot va aniq fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi A.Begaliyevlarga falsafa doktori (PhD) diplomlari topshirildi. Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi turli masalalar yuzasidan tegishli mas’ul xodimlarga rahbariyat tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.