Ilmni qadrlagan inson esa hech qachon izlanishdan toʻxtamaydi. Bugun ta'lim va yoshlar homiysi deya e'tirof etilayotgan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ta'sischisi Jamshid Pardayev ham chinakam ilm kishisi sifatida Yevropadagi nufuzli oliy ta'lim muassasasida tahsil olib, muvaffaqiyatli tamomladi.
Kuni kecha yosh tadbirkor Yevropa amaliy fanlar va menejment universitetida biznes boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasiga ega boʻldi.
Jamshid Pardayevning navbatdagi erishgan yutugʻi bilan universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz. Kelgusida nafaqat olimlik yoʻlida, balki ta'limni, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ezgu ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.