Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi. Mintaqamizdagi iqlim, shart-sharoit va ko‘p yillik tarixga ega e’tiqodimiz asosida o‘ziga xos milliy liboslarimiz shakllanib kelgan. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuramizni va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.
Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchi va talabalari “Milliy liboslar — milliy qadriyatlar bezagi!” shiori ostida chelenj tadbiri o‘tkazdi.
Tadbir davomida o‘qituvchilar talaba-yoshlarga xon atlas, adras va beqasam matolaridan betakror did bilan tikilgan liboslar latofatli ayollarimiz egnida yanada chiroy ochish bilan birga necha asrlik milliy va maʼnaviy anʼanalarimizni ham yodga solishi haqida tushunchalar berib o‘tishdi.