Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "Yangilanayotgan Konstitutsiya - yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov ishtirok etib, universitet o‘qituvchi va talabalariga Asosiy Qomusimizga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida tushunchalar berdi.
Tadbirda ishtirokchilar 4 ta yo‘nalishda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, yangilangan normalar bo‘yicha savollariga batafsil javob olishdi.
Uchrashuvda Aktam Xaitov joriy yil 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.