Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari, prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari hamda taklif etilgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Kengashni universitet rektori A.Sattorov kirish so‘zi bilan ochib, universitetimizda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng t.f.n., dots. F.Yormatov mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlar hamda yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmun mohiyati haqida yig‘ilish qatnashchilariga ma’lumot berdi.
Kengashda 2022/2023-o‘quv yili qabul komissiyasining natijalari va talabalar tomonidan to‘lov-kontrakt to‘lovlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida universitet marketing bo‘limi marketologi A.Abdurahmonov hamda universitetda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv jarayonida olib borilayotgan ishlar borasida o‘quv va tarbiya ishlari bo‘yicha prorektori Sh.Otamurodovlarning axboroti eshitildi. Shundan so‘ng 2023-yilning dastlabki choragi davomidagi professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlari faoliyati tahlili yuzasidan universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori E.Qobulov ma’lumot berdi.
Shuningdek, Kengashda universitet professor-o‘qituvchilaridan kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi va katta o‘qituvchi lavozimlariga tavsiya etish masalasi ko‘rilib, tayyorlangan o‘quv qo‘llanma, monografiyalar hamda tadqiqotchilarning falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya mavzulari tasdiqlandi. Universitet ishlar boshqarmasi boshlig’i Ch.Usmonov xo‘jalik ishlari holati hamda navbatdagi vazifalar yuzasidan chiqish qildi. Yig‘ilishda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi T.Avliyoqulovga falsafa doktori (PhD) diplomi topshirildi. Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi turli masalalar yuzasidan tegishli mas’ul xodimlarga rahbariyat tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.