Yangi Konstitusiya bilan Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!

Yangi Konstitusiya bilan Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!

  • 08.04.2023
  • 423
Blog Image

Insonning huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Biz befarq emasmiz” shiori ostida o‘tkazilgan event tadbirida ham shu kabi o‘zgarishlar va ularning mohiyati haqida so‘z bordi. Universitet talaba yoshlari ishtirok etgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botir Mardayev, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Sherzod Hayitovlar so‘zga chiqib, Bosh Qomusimizda hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emasligi, insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalib o‘tishdi. 
Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.