Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida uyushmagan yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi sovrini uchun Oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar hamda uyushmagan yoshlar o’rtasida “Janub zukkolari" ko’rik - tanlovi o’tkazildi.
Bellashuvda:
Termiz davlat universitetining “Surxon yoshlari“ jamoasi,
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining “Janub yulduzlari" jamoasi,
Termiz iqtisodiyot va servis universitetining "Megapolis" jamoalari ishtirok etishdi. Qizg'in kechgan bahsda
“Surxon yoshlari“ va “Janub yulduzlari“ jamoalari 12,4 ball bilan 2- o'rinni,
Termiz iqtisodiyot va servis universitetining "Megapolis" jamoasi 14,8 ball bilan 1-o'rinni egallab chorak finalga yo'llanma olishdi.
Jamoamizni g'alaba bilan qutlaymiz!