Keksalarga ko’mak ber, suyangan tog’ing, buni tushunarsan qarigan chog’ing

Keksalarga ko’mak ber, suyangan tog’ing, buni tushunarsan qarigan chog’ing

  • 06.05.2023
  • 201
Blog Image

       9 may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda har yili umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Barcha ezgu ishlarimiz inson qadri uchun. 
    Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug` fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog`idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko`rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni engib o`tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g`amxo`rlik va e`tibor ko`rsatish Yangi O’zbekistonda yangicha ma`no-mazmun bilan boyidi.
Termiz Iqtisodiyot va servis universitetining “Tibbiyot fakulteti”da tahsil olayotgan bir guruh talabalar “Bog’ishamol” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan 
85 yoshli Xurram bobo Xasanov hamda O’ng’al momo Mirzayevalar xonadonida bo’lib, ularning holidan xabar olishdi.