Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Ra'no Alimardanova "Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi" ko'rik-tanlovi viloyat bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Termiz shahridagi Yoshlar markazida Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan 15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan o'tkazilgan ko'rik-tanlovda viloyatning 15 ta hudud saralash bosqichlarida 1- o'rinni qo'lga kiritgan ibratli oilalar ozaro bellashishdi. Natijalarga ko'ra hamkasabamiz - Ra'no Alimardanovaning oilasi boshqa qatnashchilarni ortda qoldirib, 1-o'rinni egalladi.
Universitet jamoasi ushbu yutuq bilan hamkasabizni hamda Mustafoqulovlar oilasini samimiy qutlaydi!