Talabalar uchun Samarqand va Buxoro shahriga 2 kunlik sayohat uyushtirildi

Talabalar uchun Samarqand va Buxoro shahriga 2 kunlik sayohat uyushtirildi

  • 29.05.2023
  • 297
Blog Image

         Hozir a’lo bahoga o‘qishning afzalligi yo‘q, degan gaplarni eshitib qolamiz. Biroq, bu noto‘g‘ri. Chunki, xususan, Termiz iqtisodiyot va servis universitetida aynan a’lochi talabalar boshqacha qadrlanadi. Pul mukofotlari bilan taqdirlash, xorijda o‘qish imkoniyati bilan birga respublikamizdagi diqqatga sazovor joylarga ham sayohatlar uyushtiriladi. 

              Ayni vaqtda o‘quv yilini namunali o'qiyotgan 50 nafar ana shunday talabalar uchun universitet tashabbusi bilan Buxoro va Samarqand viloyatlarining turistik ob’yektlariga sayohat uyushtirildi. U yerda yoshlar turli diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga tashrif buyurishadi. 

            Sayohat qilish 10 ta kitob o‘qigandan yaxshiroq deyiladi. Vaholanki, bu gapda jon bor. Yoxud "yurgan daryo" naqliga amal qilinadigan bo‘lsa, ushbu sayohat talaba-yoshlar uchun ayni muddaodir.