“Milliy liboslar – millat koʻzgusi” nomli konferensiya oʻtkazildi

“Milliy liboslar – millat koʻzgusi” nomli konferensiya oʻtkazildi

  • 15.06.2023
  • 272
Blog Image

        Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Surxondaryo viloyati hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi hamda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida “Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida konferensiya oʻtkazildi.
        Viloyatimizda bugun “Ayol - jamiyat koʻzgusi” shiori ostida tashkil etilayotgan tadbirlar doirasida oʻtkazilgan konferensiyada Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Rahima Mirxoliqova, Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Zulxumor Xidirova, Oʻzbekiston xalq artisti Aziza Begmatova, olima ayollar hamda liboslar boʻyicha mutaxassislar ishtirok etdi.
Konferensiyada kiyinish odobi, madaniyati, milliy liboslarning tarixi va buguni, mavjud muammo va kamchiliklar boʻyicha fikr almashildi.
        “Tasviriy va amaliy san’at ” to’garagi a’zolarining dizaynerlik ishlari namoyish qilindi. Milliy va zamonaviylik asosida yaratilgan liboslar barchaga manzur bo’ldi.
         Tadbir so’ngida faol qatnashganlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.