30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Bilim va tafakkurimiz- shu el uchun, shu yurt uchun” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida ko‘plab ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari, turli hil uchrashuvlar va konferensiyalar o‘tkazilmoqda.
Bugun ham “Uch avlod” hamda “Zamonamiz qaxramonlari” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Nuroniy” jamg‘armasi Termiz shaxar bo‘limi raisi Berdiev Toji Ergashevich. Mexnat faxriysi Shakir Xodjaev, Buvijonlar maktabi a’zosi, mexnat faxriysi Salomat Yusupova, “Baxshichilik” maktabi o’quvchisi Doniyor baxshi hamda dzyudo bo‘yicha 60 kg gacha vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, 2019-yilgi jahon chempionati va 2015-yilgi Osiyo chempionati sovrindori. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi Sharofiddin Lutfullayevlar ishtirok etishdi.