Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida" gi farmonda belgilab berilgan gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy - siyosiy faolligini oshirish chora tadbirlari to’g’risidagi ijrosi yuzasidan, universitet Xotin-qizlar maslaxat kengashi raisi, xotin- qizlar masalalari bo’yicha dekan maslaxatchisi D.Xonova, F. Raxmonqulovalar talaba - yoshlarga seminar tashkil qilishdi. Unda gender tenglik tushunchasi, oilalardagi ayol va erkakning teng huquqliligi o‘zaro mehr-muhabbat asosida ta’minlanishi, qonunlarimizdagi o‘zgarishlar haqida slaydlar asosida tushuntirib o‘tildi. Mashg‘ulot davomida kartochkalar tarqatilib, har bir talabaning induvidual yondashuvi, ijobiy hamda salbiy fikrlari o‘rganildi.