Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi Chexiya markaziy bankida bo‘ldi. Sayohat bank foyesida tashkil etilgan ajoyib ko‘rgazma bilan tanishuvdan boshlandi. Eksponatlar bank tarixi, chex milliy valyutasi krona haqida shuningdek, bankning ayni vaqtdagi faoliyatiga taaluqli ma’lumotlarni jamlagan. Mamlakatning ushbu yirik moliyaviy muassasasida tarix muzeyi ham bo‘lib, unda surxondaryolik mehmonlar 13,5 kglik oltin quymani qo‘lga olib ko‘rishdi. Dunyodagi vazni va hajmi bilan ikkinchi o‘rinda turuvchi og‘irligi 130 kg, diametri 535 va qalinligi 47 millimetrlik oltin tanga ro‘parasida suratga tushdilar. TISU talaba va o‘qituvchilari ishtirokida Yevropa banklari tizimi, ularning o‘ziga xosliklari haqida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.