“Tozalikda baraka bor” shiori ostida tozalik aksiyasi bo’lib o’tdi

“Tozalikda baraka bor” shiori ostida tozalik aksiyasi bo’lib o’tdi

  • 22.09.2023
  • 442
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Ekologiya va Atrof-muhitni muhofaza qilish viloyat boshqarmasi hamkorligida “Bog’ishamol” mahallasidagi yetti qavatli uylar atrofida “Tozalikda baraka bor” shiori ostida tozalik aksiyasi o'tkazildi.
Aksiya doirasida 50 nafar ko’ngilli volontiyor talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, aksiya davomida universitet atrofidagi hududlar chiqindilardan tozalandi. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish, ularni ona tabiat va uning ne’matlariga mehr-muhabbat uyg’otish hamda yurtimiz ozodaligi va obodligiga hissa qo‘shishdan iboratdir.