Termiz iqtisodiyot va servis universiteti vakillari Elsevier tadqiqotlar markazi bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida muzokara olib bordi. Muzokara jarayonida markaz menendjeri Yasemin Solay universitet professor-o'qituvchilari hamda tadqiqotchilarining "Elsevier" nashriyotining Scopus va SciVal xalqaro elektron platformalar xizmatlaridan foydalanish, xalqaro grantlarda ishtirok etish hamda universitetning jurnal va boshqa nashrlarini Scopus xalqaro ilmiy bazalariga kiritish imkoniyatlari to’g‘risida to’liq axborot berdi. Muzokara yakunida Elsevier tadqiqotlar markazi va universitet o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish va tegishli shartnomalar imzolashga kelishib olindi.