TISUda fan olimpiadasi boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi
![Blog Image](https://tisu.uz//uploads/news/331/l_2d6086e61fed7b7dd80c60f83689f755.jpg)
Seminarda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar va ma'sul xodimlar ishtirok etishdi. Fan olimpiadasi sinovlariga tayyorlanish boʻyicha koʻrsatma, takliflar va topshiriqlar berildi. Iqtidorli talabalar uchun kerakli ma’lumot berildi.
Olimpiada mutaxassislik va umumkasbiy fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
- olimpiada ishtirokchilari o‘zlari tanlagan fanlardan test, yozma, og‘zaki, ijodiy (laboratoriya) va boshqa shaklda imtihon topshiradi;
- olimpiada natijalarini qatnashchilar va jamoa rahbarlari ishtirokida e’lon qilinadi;
- Olimpiada tarkibiga kiritilgan fanlar bo‘yicha I bosqichda topshiriqlari fan dasturiga mos holda tegishli kafedralar tomonidan tuziladi.
- tegishli fan dasturlarida berilgan barcha mavzularni to‘la o‘zlashtirgan hamda Olimpiadaning I bosqichida birinchi o‘rinni egallagan talaba II bosqichda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
- olimpiadaning ilmiy-uslubiy jihatdan yuqori saviyada, adolat va oshkoralik mezonlari asosida o‘tkazilishini ta’minlanadi.
- imtihonlar 10-fevraldan boshlab belgilangan grafik asosida bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.