Pedagogik mahorat
![Blog Image](https://tisu.uz//uploads/news/341/l_9c8eef913664b067dee76f180cffa07f.jpg)
Barcha sohalarda ham yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori. Shu jumladan, oʻqituvchilarga ham. Ta’limning qaysi shakli boʻlmasin, pedagogik mahoratga ega, bilimli, yangilangan ta’lim mazmunini yaxshi tushunadigan oʻqituvchi har doim millatning farzandlariga ilm-ziyo ulashadi. Bu esa mamlakatning ertangi rivojiga ijobiy tasir ko‘rsatadi.
Universitet oʻqituvchisi Abduqosim Haitovning “Pedagogik mahorat” nomli oʻquv qoʻllanmasi ayni kasb egalari uchun moʻljallangan. Unda asosan, boʻlajak oʻqituvchilarning bilimi, koʻnikmasi va malakasi, uning muhim axloqiy fazilatlari, madaniy hamda ma’naviy saviyasi qanday boʻlishi kerakligi haqida tahlillar berilgan.
Pedagogik mahoratni shakllantirish uchun oʻqituvchi qaysi jihatlarga e’tibor qaratishi kerakligi haqidagi tajribalar bilan boʻlishilgan.
Oʻquv qoʻllanmada oʻqituvchining muloqot madaniyati, tarbiyachilik mahorati va kasb etikasiga rioya etishi masalasi ham aytib oʻtilgan. Ushbu qoʻllanma oʻqituvchilarning kasbiy, shaxsiy, umummadaniy kompetensiyasini hamda pedagogik mahoratini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.