Navoiy haykali poyiga gullar qo'yildi

Navoiy haykali poyiga gullar qo'yildi

  • 08.02.2025
  • 181
Blog Image

Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda.

 

 Bugun buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan viloyat hokimligi, ilm-fan namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi ishtirokida viloyat markazidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo'yildi.

 

Mazkur tadbirni viloyat hokimi o'rinbosari ochib berdi. Shundan so'ng, Alisher Navoiyning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kundagi qadr-qimmati xususida fikr yuritildi hamda ijodidan g'azallar o'qildi.