Talabalar teatr studiyasining uchrashuvi

Talabalar teatr studiyasining uchrashuvi

  • 07.02.2025
  • 203
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar teatr studiyasining yangi mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir jamoaning yangi mavsumdagi faoliyatini boshlashdan oldin o‘zaro tajriba almashish va kelgusi rejalarini belgilash maqsadida tashkil etildi.

 

Uchrashuvda Surxondaryo viloyati San’at saroyi bosh rejissyori  Turg‘unpo‘lat Yo‘ldoshev  va talabalar birgalikda o‘zlarining kelgusidagi sahna ko‘rinishlarini rejalashtirib, ijodiy jamoaning tarkibiy tuzilishini muhokama qildilar. 

 

Bu yilgi mavsumda teatr studiyasining yangi spektakllari va loyihalari taqdim etilishi kutilmoqda. Shuningdek, tadbirda talabalar o‘rtasida birdamlikni shakllantirish, bir-birlariga yordam berish va ijodiy yondashuv mahoratini oshirishga katta e'tibor qaratildi.