Eng qimmat kitob

Eng qimmat kitob

  • 10.02.2025
  • 77
Blog Image

Milliarderlarning har xil qadimiy va boshqa noyob narsalarni yigʻadigan umumiy noziklik tomonlari bor. Misol uchun, 1994-yilda taniqli Bill Geyts Lester kodeksini qoʻlga kiritgan. Vaholanki bu kitob hozirgacha dunyodagi eng qimmat sotilgan yoki sotib olingan kitob hisoblanadi.

Gap shundaki, milliarder bundan 30 yil avval noyob nashr uchun 30,8 million dollar toʻlab bergan.

Bunday yuqori baho kitobning oʻziga xos mazmuni bilan izohlanadi. Unda Leonardo da Vinchining oʻz qoʻli bilan yozgan yozuvlari va chizmalari mavjud. Boshqacha aytganda, bu 1504-yildan 1508-yilgacha Milanda yaratilgan noyob asarlari toʻplamidir.

1717-yilda qadimiy qoʻlyozma Qirolicha Elizaveta I hukmronligi davridagi ingliz davlat arbobi graf Lester (1532-1588) tomonidan sotib olingan (oʻshandan keyin kitob "Lester kodeksi"deb atalgan).

1980-yilda grafning merosxoʻrlari toʻplamdan qutulib, uni amerikalik tadbirkor va kolleksiyachi Armand Hammerga sotishdi. Hammer vafot etgach, kitob kimoshdi savdosiga qoʻyildi va oxir-oqibat Bill Geyts qoʻliga oʻtdi.

Aytishlaricha, bu kitobdagi yozuvlar Leonardoning "oyna" yozuvi tarzida yozilgan va yozuvlarning barchasi faqat oyna yordamida oʻqilishi mumkin.

Feruza Rahmonqulova tayyorladi