TISU da yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan trening bo‘lib o‘tdi
![Blog Image](https://tisu.uz//uploads/news/337/l_39afd4b45a20c8dee71ff9bb93b39cab.jpg)
Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilgan Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi bo‘yicha universitetimizda trening tashkil etildi.
Mazkur trening yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarning raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularni ishga joylashish imkoniyatlarini oshirish hamda shu orqali tengsizlikni kamaytirish, inklyuziv, innovatsion va barqaror iqtisodiy o‘sish hamda ish o‘rinlari yaratishni ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda BMTTD xodimlari ishtirokchilarga marketing, biznes va moliyaviy erkinlik mavzularida ma'lumotlar berishdi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan birgalikda turli mavzularda fikr almashishdi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ishtirokchilar nazariy bilimlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali tadbirkorlik, biznesni rejalashtirish, moliyaviy boshqaruv, marketing va raqamli vositalar bo‘yicha keng ko‘lamli yangiliklarga ega bo‘ldilar.