“Navoiy vorislari” g’azalxonlik tanlovi bo'lib o'tdi
![Blog Image](https://tisu.uz//uploads/news/332/l_053ef1578bb5cbfb414fb2c9e85aed6c.jpg)
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Navoiy vorislari” ko’rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ko'rik-tanlov Navoiyning hayoti va ijodini, yodga olish, bizga qoldirgan boy ma'naviy merosini o'rganish maqsadida tashkil etildi.
Tanlovda 11 nafar ishtirokchi talabalar quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
1-shart - Navoiy ga’zallaridan ixtiyoriy birini aruz vazniga muvofiq yoddan aytish;
2-shart - g‘azalning nasriy bayonini sharhlab berish;
3-shart - Alisher Navoiy g‘azallarini yoddan o‘qib, tasvirga olingan videoroliklarni taqdim etish.
Tanlov natijalarga ko'ra, Pedagogika ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishi 1-bosqich talabasi Asila Abdurahmonova g'olib deb topildi.
Barcha ishtirokchilar va tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.