TISU axborot resurs markazi fondiga yangi kitoblar topshirildi

TISU axborot resurs markazi fondiga yangi kitoblar topshirildi

  • 07.02.2025
  • 187
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi jamoasi tomonidan universitetning axborot resurs markazi fondiga 23 turdagi jami 110 ta yangi kitoblar hadya qilindi.  

 

— Asosan, jismoniy tarbiya, sport, sog‘liqni saqlash, milliy kurash, bolalar jismoniy tarbiyasi, sport o‘yinlari va boshqa zamonaviy o‘quv adabiyotlari tanlab olingan bo‘lib, bu kitoblar shu yo‘nalishda o‘qiyotgan universitet talabalari hamda professor-o‘qituvchilarga jismoniy madaniyat, sport tizimlari, yengil atletika, sport tibbiyoti va boshqa sohalarda bilim va ko‘nikmalarini oshirishda qo‘l keladi, — deydi Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent Mansur Usmonov. 
 


Mazkur o‘quv adabiyotlarining axborot resurs markazi fondiga qo‘shilishi o‘quv jarayonini yanada samarali qilish va ilmiy izlanishlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Talabalar va o‘qituvchilar endi ushbu adabiyotlardan foydalanib, o‘z ilmiy izlanishlarini davom ettirishlari, yangi ma'lumotlarni o‘zlashtirishlari va o‘z kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlarga erishishlariga zamin bo‘ladi.