Navoiy qalblarda yashar

Navoiy qalblarda yashar

  • 11.02.2025
  • 55
Blog Image

Inson qalbining quvonch-u qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi.

 

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti faollar zalida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

 

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalari tashkillashtirgan tadbir ajoyib chiqishlar bilan boshlandi va Navoiy g'azallaridan namunalar aytishdi.

 

Tadbir so’ngida, Navoiy asarlarini bugungi kun bilan bog'lab go'zal chiqishlar qilishdi. Bunday tadbirlar yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda, ularni o'tmish ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.